
"Qo‘qon-1912" bosh murabbiyining keskin fikrlariga "Dinamo" klubi O‘FA va O‘zPFL adolatli chora ko‘rishini so‘radi. O‘zi qo‘qonliklar murabbiyi nimalar degandi?
"Qo‘qon-1912" bosh murabbiyining so‘zlari futbol saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, turli manbalarda "Dinamo" sha’niga nisbatan noto‘g‘ri qarash paydo bo‘ldi. Ayniqsa, Muhsin Nizomiddinovning samarqandlik muxlislar haqidagi nojo‘ya so‘zlari mahalliy ishqibozlarni junbushga keltirib, 21 may yakshanba kuni bir guruh mahalliy muxlislar "Dinamo" qarorgohiga kelib, keskin noroziliklarini bildirishdi. "Dinamo" klubi bu borada quyidagilarni ma’lum qildi:
1. "Dinamo" PFK "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinovning o‘yindan keyingi “Dinamo” mavsum davomida hakamlar bilan ishlab kelayotgani haqidagi so‘zlarini jiddiy ayblov va tuhmat, klub sha’niga nisbatan haqorat, deb hisoblaydi.
2. M.Nizomiddinovning “Dinamo” Pro ligada har bitta jamoani mana shunaqa hakamlik bilan yutyapti” – so‘zlari jamoamizga nisbatan isbot talab qiluvchi jiddiy ayblov, deb qabul qilindi. Shu bilan birga o‘tgan 7 o‘yinda "Dinamo" o‘yinlarini boshqargan O‘FA hakamlari (Shavkat Nasibullaev, Ilya Ilin, Sanjar Nazarov, Husan Muzaffarov, Vadim Agishev, Sardor Ismatullaev, Abdurashid Xudoyberganov) sha’niga dog‘ tushuruvchi bu so‘zlar uchun O‘zbekiston futbol hakamlari markazi M.Nizomiddinovdan dalil-isbot talab qilishi yoki o‘z hakamlari sha’nini himoya qilishiga to‘g‘ri keladi. Har holda o‘zini hurmat qilgan tashkilot uning xodimlarini (hakamlar) ta’magirlikda ayblayotgan rasmiy shaxsni so‘roqqa tutishga haqli. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi o‘yindagi vaziyatlar bo‘yicha hakamlar qaroriga nisbatan xulosa berishiga ishonamiz.
3. «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi o‘yindan keyin so‘zida davom etarkan “Samarqand menda yaxshi taassurot qoldirmadi. Muxlislarida ham madaniyat yo‘q. Ular Qo‘qonga borib o‘rganishsin” – deya, noroziligini bildirish uchun "Dinamo" qarorgohiga kelgan samarqandlik muxlislarning junbushga kelishiga va ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar o‘rtasida keskin holatga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaziyatda bunday provokatsion chiqishlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini baholashni tegishli tashkilot va idoralarning hukmiga qoldiramiz.okatsion chiqishlar
"Dinamo" PFK "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinovning matbuot anjumanidagi Samarqand jamoasi va hakamlar sha’niga nisbatan so‘zlari, samarqandlik muxlislar haqidagi provokatsion javobi bo‘yicha video va audio yozuvlar PFL tomonidan o‘rganilib, xulosa berilishini, ish O‘FA tartib-intizom qo‘mitasiga oshirilib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan adolatli chora ko‘rilishiga ishonadi. "Dinamo" PFK o‘z pozitsiyasi va sha’nini istalgan minbarda himoya qilishga tayyor", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar