"Qo‘qon-1912" jamoasida yangi shifokor ish boshladi (Foto)

  • 19.08.2020 19:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superliga o‘yinlarini Toshkent shahrida davom ettirayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasida yangi shifokor ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tajribali mutaxassis Bobir Abdazov "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda jamoadagi dastlabki ish kunini o‘tkazdi. Bobir Abdazov ko‘plab sportchilar hamda futbolchilarga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis hisoblanadi.

Shifokor "Qo‘qon-1912"ga kelishidan avval Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasida shifokor lavozimida faoliyat olib borgan.

photo_2020-08-19_17-04-25

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!