"Qo‘qon-1912" jamoasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, mashg‘ulotlar Toshkentga ko‘chirildi
"Qo‘qon-1912" jamoasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda karantin va sanitariya-gigiena qoidalari bosh murabbiy tomonidan yana bir marta tushuntirib o‘tildi. Har bir mashg‘ulot oldidan sport anjomlari, stadion va kiyinish-echinish xonalari dizinfektsiya qilinishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Futbolchilarga niqoblar va antiseptik vositalaridan qay tarzda foydlanish lozimligi uqtirildi.
Murabbiylarning rejalariga asosan "Qo‘qon-1912" Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuviga tayyorgarlik jarayonlari Toshkent shahrida davom ettiriladi. Bugun jamoa a’zolari Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqishgan.
Fikrlar