"Qo‘qon-1912" legionerlari Yangi yilni qaerda kutib oldi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

2017 yilgi mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasida ikki nafar legioner futbolchilar to‘p surishdi. Biri hujumchi – Filip Rayevats bo‘lsa, ikkinchisi himoya chizig‘i vakili Darko Gojkovich.

Har ikkala futbolchini ham o‘tgan mavsumdagi ishtirokini yaxshi baholash mumkin. Ular jamoaning muvafaqiyatlariga o‘zlarining hissalarini qo‘sha olishdi. 

Ayni kunda bu futbolchilar o‘z vatanlarida Yangi yilni kutib olishdi. Jamoa bu futbolchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Har ikki futbolchi kelayotgan mavsumni ham “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazishni istashmoqda.

2018 yilgi Superliga musobaqalarida yaxshi ishtirok etib, muxlislarni xursand qilishni niyat qilayotgan murabbiylar shtabi navbatdagi yig‘inlarga lozim topishsa bu futbolchilarni ham taklif qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!