"Qo‘qon-1912" tarkibni "Turon" etakchisi bilan kuchaytirdi
O‘tgan mavsumni "Turon" safida o‘tkazgan Bilolxon Toshmirzaev vodiyning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
"Qo‘qon-1912" klubining matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, "shunqorlar" 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. U yakunlangan mavsumda 23ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Turon" 2021 yilgi mavsumda so‘nggi o‘rinni egallab Superligani tark etdi.



Fikrlar