“Qo‘qon va sport” shiori ostidagi jahon chempionati boshlandi

BEPUL PROPAN

Xabar berganimizdek, bugun Qo‘qon shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan "O‘rda" maydonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Qo‘qon va sport” shiori ostida belbog‘li kurash bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi.

Ushbu jahon chempionatida Rossiya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan 200 ga yaqin eng sara polvonlari ishtirok etmoqda.

Chempionatda belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar - 42, - 45, - 50, - 55, - 60, - 65, - 71, - 77 , - 85, - 95, + 95 kg. vazn toifalarida kuch sinashsa, qizlar - 44, - 48, - 52, - 57, -63, - 70, +70 kg. vaznlarda g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, kunning birinchi yarmida saralash bosqichi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida yarim final, final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!