Qo‘shimcha bo‘limlarda gol o‘tkazib yuborgan "Barsa" superkubokni boy berdi!

  • 18.01.2021 03:39
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol

Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Barselona" va "Atletik" jamoalar o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin bilbaoliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 40-daqiqada Antuan Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib, De Markos tarozi pallalarini tenglashtirdi. O‘yinning 77-daqiqasida Grizmann dublni rasmiylashtirib, jamoadoshlariga ishonch bag‘ishladi. Ammo bu kataloniyaliklarning zarariga ishladi. "Atletik" o‘yinning so‘nggi daqiqasida hisobni tenglashtirdi. Qutqaruvchi rolida Vilyalibre!

Qo‘shimcha bo‘limlarni ruhiy ustunlik bilan boshlagan bilbaoliklar 93-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. Inyaki Uilyamsning zargarona zarbasi oldida Ter Shtegen ojiz qoldi. O‘yin yakuniga qadar kataloniyaliklar katta bosim bilan harakat qildi. Uchrashuvning 120-daqiqasida Leo Messi raqibini qo‘li bilan urib yuborgani uchun hakam tomonidan chetlatildi.

Shu tariqa, dramatik kechgan bahsda "Atletik" bosh sovringa ega chiqdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Lochinlarga baland parvoz ....
18/01/2021 11:44
Барса Синди хужумку сал яхширок химоя ноль....Месси барсага жон куйдирма обруни борида кет...