Qozog‘iston yoki O‘zbekiston: Osiyo o‘yinlari boks finalida kimning finalchilari ko‘proq?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayti va Nagoye (Yaponiya) shaharlarida o'tayotgan Osiyo o'yinlari-2026 doirasidagi boks musobaqasida finalchilar soni bo'yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, hal qiluvchi janglarda bir yo'la to'rt nafar xitoylik bokschi ringga ko'tariladi. Finalchilar soni bo'yicha ikkinchi o'rinni O'zbekiston va Hindiston bo'lishib olgan — har ikki mamlakatdan uch nafar sportchi finalga yo'l olgan. Oltin medal uchun Qozog'iston, Xitoy Taybeyi va Janubiy Koreyadan ikki nafar bokschi kurash olib boradi.

Osiyo o'yinlari-2026 boks turniri finalchilari soniga ko'ra mamlakatlar ro'yxati quyidagicha:
Xitoy — 4
O'zbekiston — 3
Hindiston — 3
Qozog'iston — 2
Xitoy Taybeyi — 2
Janubiy Koreya — 2
Tailand — 1
KXDR — 1
Vyetnam — 1
Filippin — 1
Yaponiya — 1
Iordaniya — 1

Eslatib o'tamiz, Osiyo o'yinlari-2026 doirasidagi boks musobaqasining final janglari 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!