Qozog‘iston boks terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 11.01.2026 18:13
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Qayrat Satjanov 2024 yil avgust oyidan buyon boks bo‘yicha Qozog‘iston erkaklar terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. 

Biroq 35 yildan ortiq murabbiylik tajribasiga ega bo‘lgan Qayrat sog‘ligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra mazkur lavozimni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga esa Nurjon Nasanov bosh murabbiy etib saylandi. 

Ma’lumot uchun, Nasanov murabbiy sifatida ikki karra jahon chempioni Sanjar Tashkenbay hamda yana bir qator iqtidorlu bokschilarni yetishtirib chiqarган.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!