
Qozog‘iston chempionatida legionerlarga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi
Qozog‘iston premer-ligasida xorijlik futbolchilarga qo‘yilgan limit bekor qilindi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Adlet Barmenkulov ma’lum qildi.
Endi maydonga cheksiz miqdorda legionerlar chiqishi mumkin. Faqat jamoalar qaydnomasida kamida 13 nafar mahalliy futbolchi bo‘lishi shart.
O‘tgan mavsum Qozog‘iston premer-ligasida bir vaqtning o‘zida etti nafar xorijlik futbolchi o‘ynashiga ruxsat berilgan edi.
Fikrlar