Qozog‘iston klubi "Chelsi" sobiq yulduzini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 24.01.2026 17:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Qozogʻistonning "Qaysar" klubi matbuot xizmati telegram-kanalida 35 yoshli qanot hujumchisi Viktor Mozes bilan shartnoma imzolanganini eʼlon qildi.

"Viktor Mozes katta tajribaga ega futbolchi boʻlib, Yevropaning bir qator grandlari sharafini himoya qilgan. Uning "Qaysar"ga oʻtishi jamoaning kelgusi mavsumdagi maqsadlarini yaqqol tasdiqlaydi.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Viktorning tajribasi va mahorati jamoaning rivojlanishi va yosh futbolchilarning oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, deb hisoblamoqda", - deyiladi klub bayonotida.

Nigeriyalik futbolchi 2020-2024 yillarda Moskvaniŋ "Spartak" klubida oʻynagan. Mozes 2012 yildan 2021 yilgacha Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!