Asosiy mazmunga oʻtish

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyining jiyani endi "Andijon"da ishlaydi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Kumikovga yangi yordamchi keldi.

10 fevraldan Turkiyada yig‘in boshlagan “Andijon” jamoasiga u erda yangi murabbiy qo‘shildi. Endilikda bosh murabbiy Viktor Kumikovga qozog‘istonlik Rasul Marua yaqindan yordam beradi. U “Andijon”da tahlilchi murabbiy sifatida ish olib boradi.

maura1

Ma’lumot uchun, Marua 1993 yilning 11 avgust kuni tavallud topgan. Ayni paytda unda UEFAning “V” litsenziyasi mavjud. Futbolchi sifatida “Irtish”, “Kazaxmis” va “Astana”da faoliyat olib borgan. Murabbiy sifatida “Irtish” hamda “Aksu” klublarida ishlaganini aytish joiz. E’tiborli jihati shundaki, u ayni paytda Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Talgat Baysufinovning jiyani hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q