
Qozog‘istonlik jangchi UFC'da chempion bo‘lishi mumkin
Yarim o‘rta vazn toifasidagi (77 kg gacha) rossiyalik jangchi Muslim Salixov qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovning UFC’dagi istiqboli haqida gapirdi.
“Rahmonovning chempionlik uchun imkoniyatlari bormi? Juda baland. U yosh va o‘z maqsadiga ega. Menimcha, uning bu boradagi imkoniyatlar yaxshi”, - dedi Salixov MMA.Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida.
Shavkat Rahmonov 29 yoshda. Qozog‘istonlik jangchi UFC’dagi debyutini 2020 yilda o‘tkazgan. U dunyoning eng nufuzli promoushenida jami oltita g‘alabaga erishgan (barchasi muddatidan oldin) va bironta ham jangda mag‘lub bo‘lmagan.
Fikrlar