
Qozog‘istonlik jurnalist dzyudo hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi imkoniyatlariga baho berdi
Xabaringiz bor, 6-13 oktyabr kunlari poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Shuningdek, 2023 yil boks bo‘yicha jahon chempionati ham Toshkentda tashkil etiladi.
Biz ushbu chempionatlarda kuchli uchlikdan qaysi mamlakat vakillari o‘rin olishi borasidagi savollar bilan qozog‘istonlik jurnalist, Qazsport telekanali sharhlovchisi Ayan To‘lagenga murojaat qildik.
- O‘ylaymanki, dzyudo hamda boks bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda yuqori saviyada tashkil etiladi. Dzyudo bo‘yicha baribir umumjamoa hisobida Yaponiya 1-o‘rinni qo‘lga kiritsa kerak. Kuchli uchlikdan Gruziya, Frantsiya yoki O‘zbekiston terma jamoasini ham ko‘rsak, ajab emas.
Boks esa alohida mavzu, butunjahon O‘zbekiston hamda qozog‘istonlik bokschilarning janglaridan bahramand bo‘ladi.Ushbu ikki terma jamoa jahon chempionatining asosiy nyusmeykerlariga aylanadi. 1-o‘rinni O‘zbekiston yoki Qozog‘iston band etadi. Qolgan o‘rinlarga Kuba va AQSh da’vogarlik qiladi.Albatta, bu mening shaxsiy fikrim!
Fikrlar