Qozog‘istonlik UFC jangchisi doping sabab diskvalifikatsiya qilindi
Qozog‘istonlik MMA ustasi Alibi Idiris antidoping qoidalarini buzganligi uchun 12 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqida CSAD (Antidoping agentligi) xabar bermoqda.
Idirisdаn 21 fevral kuni olingan gidroxlorotiazid — taqiqlangan diuretik uchun topshirgan test musbat chiqqan. Endi u mazkur sanadan keyingi yilning 21 fevraligacha jang qila olmaydi.
Yana bir jihati shundaki, Alibi "UFC Houston" turnirida Ode Osborn ustidan g‘alaba qozongandi. Biroq Texas shtati Atletika komissiyasi ushbu jang natijasini bekor qilib, "No Contest" (o‘tkazilmagan) deb topdi.
Fikrlar