Qozog‘istonni yutolmasak, jahon chempionatida qiladigan ishimiz yo‘q!

  • 16 noyabr, 15:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatining Evropa mintaqasi saralash turniri doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Qozog‘iston terma jamoasi o‘z maydonida Belgiyadan ochko tortib oldi.

Tecno

“J” guruhining to‘qqizinchi turidan o‘rin olgan bahsda Dastan Satpaev 9-daqiqadayoq hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Xans Vanaken mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, guruh peshqadamini sensatsion mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Uchrashuvdan keyin “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Jeremi  Doku Belgiya terma jamoasi o‘yinini tanqid qildi.

- Bu o‘yinda omadimiz keldimi? Balki shundaydir. Bu gal ham avval Shimoliy Makedoniya bilan uchrashuvda bo‘lgan vaziyat takrorlandi. Hamma gap samarasiz harakatlarda.

Qozog‘istonni yuta olmadik va bundan umuman mamnun emasmiz. Terma jamoamiz juda ko‘p ochko yo‘qotib bo‘ldi, chunki ayrim uchrashuvlarda yaxshi o‘ynay olmadik. Hammamiz, murabbiy, mening o‘zim va qolganlar ham yaxshiroq ishlashimiz kerak.

Kevin de Bryuyne va Romelu Lukakuning yo‘qligi haqida nima deyish mumkin? Ulardan tashqari Tibo Kurtua ham bo‘lmadi. Agar bu o‘yinchilarsiz Qozog‘istonni enga olmas ekanmiz, jahon chempionatida qiladigan ishimiz yo‘q, - dedi Jeremi Doku.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!