Qozoqlar Kevin de Bryuyneni ikkinchi o‘ringa olib chiqdi

  • 8 sentabr, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatining Evropa mintaqasi uchun saralash turniri doirasida “J” guruhidan o‘rin olgan Qozog‘iston futbolchilari oltinchi turda Belgiya terma jamoasi mehmoni bo‘lib, o‘z darvozasidan javobsiz oltita gol o‘tkazdi.

Tecno

Uchrashuvda Abduqodir Husanov bilan birga “Manchester Sit”da o‘ynagan belgiyalik futbolchilar – Kevin de Bryuyne va Jeremi Dokyu ikkitadan gol urgan bo‘lsa, yana ikkita gol  Nikolas Raskin va Toma Myone hisobiga yozildi.

Yozda “Manchester Siti”dan “Napoli”ga o‘tib ketgan Kevin de Bryuyne qozog‘istonliklar darvozasiga kiritgan ikki to‘pidan keyin Belgiya terma jamoasi to‘purlari reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Kevin xalqaro miqyosdagi gollari sonini 34 taga etkazib, faoliyatini yakunlagan Eden Azardan bir to‘pga o‘zib ketdi.

Belgiya terma jamoasi tarixida ko‘p gol urish bo‘yicha yaqqol rekordchi Romelu Lukaku hisoblanadi. Bu forvard hozirgacha 89 ta to‘p kiritgan. Aytish kerakki, jarohat tufayli maydonga tusha olmayotgan Romelu Lukaku dekabr oyiga qadar davolanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!