
Qudratillo Abduqahhorov Meksikada ringga ko‘tariladi
14 dekabr kuni Meksikaning Tixuana shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (20-3, 12 KO) mezbonlar vakili Xorxe Garsiya Perez(31-4, 26 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs "co-main event" jangi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Qudratillo so‘nggi jangini may oyida gretsiyalik Andreas Katsurakisga qarshi o‘tkazib, ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar