
Quvayt U-23 bosh murabbiyi: "Biz atigi 10 kun oldin musobaqaga tayyorgarlikni boshladik"
Quvayt U-23 hamda Iordaniya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Quvayt olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Abdulaziz Hamada bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hech kim mag‘lubiyatni qabul qila olmaydi. Biz hammamiz g‘alaba qozonishni istaymiz. Afsuski, har doim ham bunday bo‘lavermaydi.
Iordaniya anchadan beri bu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rib kelayotgandi. Biz esa atigi 10 kun oldin boshladik. Men vaziyatga haqqoniy qarayman va bu natijalarga ta’sir ko‘rsatishi aniq ekanini aytib o‘tmoqchiman.
Uchrashuv qiyin bo‘ldi. Biz 3 kun ichida 2 kuchli raqibga qarshi saf tortdik. Men Iordaniyadan 1 ochko olishga haqli edik, deb hisoblayman. Gol o‘tkazib yuborganimiz alamli bo‘ldi.
Ha, Quvayt rasman keyingi bosqichga chiqa olmaydigan bo‘ldi. Buning sabablarini yigitlar bilan o‘rganib chiqamiz", - dedi mutaxassis.
Fikrlar