Quyi liga jamoasi Roy Kinning kuyovini mashhur klubga bermadi
Angliya Chempionshipida ishtirok etayotgan “Sautgempton” oʻz himoyachisi Teylor Harvud-Bellis boʻyicha Lissabonning “Benfika” klubi taklifini qabul qilmagani maʼlum boʻldi.
The Athletic nashri xabariga koʻra, “Benfika”ning yangi bosh murabbiyi Marku Silva Harvud-Bellisning katta muxlisi hisoblanadi, “Sautgempton” esa oʻz yulduzini munosib narx taklif qilingan taqdirda sotishga tayyor.
Biroq “Benfika”ning 20 million evrolik (17 million funt sterling) taklifi”avliyolar”ni umuman qoniqtirgani yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, “Sautgempton” oʻtgan mavsumda josuslik mojarosi sabab Chempionship pley-offi finalidan chetlatilgan edi.
Harvud-Bellis 2023 yil yozida “Manchester Siti”dan koʻchib oʻtganidan beri “Sautgempton”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va 2024 yil noyabr oyida hatto Angliya terma jamoasida ham debut qildi.
Oʻtgan mavsumda “Manchester Yunayted” afsonasi Roy Kinning qiziga uylangan 24 yoshli himoyachi “Sautgempton” safida barcha musobaqalarda 48 ta oʻyin oʻtkazdi, jumladan, Chempionship pley-offining har ikki yarim final bahsida ham maydonga tushdi.

Fikrlar