Rabo "Milan"ga o‘tishi mumkin
Adrien Raboning "Marsel"dagi kelajagi savol ostida qolmoqda. Liga 1'da "Renn"ga qarshi bahsdagi (0:1) mojarosidan so‘ng klub uni transfer ro‘yxatiga qo‘ygan edi.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining onasi va agenti Veronik Rabo "Milan" bilan aloqaga chiqqan. Italiya grandi xavbekni olishda qiziqish bildirgan.
Hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan, ammo futbolchi atrofidagi insonlar "Milan" variantiga ochiq munosabat bildirishgan.
Fikrlar