Rafael Benites ham "Liverpul"ni, ham "Everton"ni boshqargan tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylandi
"Everton"ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites 129 yil oldingi natijani takrorladi.
Aniqrog‘i, 61 yoshli ispaniyalik mutaxassis kecha "irischilar" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va 1892 yildan buyon birinchi marta ham "Everton", ham "Liverpul"ni boshqargan ilk murabbiyga aylandi.
Benites 2004-2010 yillarda "Liverpul"ni boshqargan. U ushbu davr mobaynida mersisaydliklar bilan 4 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
“Everton” o‘tgan mavsum APLni 10-o‘rinda, “Liverpul” 3-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar