Rafael Leau "Milan"dan ketishini tasdiqladi
"Milan" qanot hujumchisi Rafael Leau italyaliklar safini tark etishini ma'lum qildi.
Portugaliyalik futbolchi klubdagi faoliyati haqida fikr bildirib, yangi chaqiriqlarga tayyor ekanini ta'kidladi.
"Ko'p narsalar sodir bo'ldi, ayniqsa so'nggi oylarda. Xursandmanki, “Milan” tarixida o'z nomimni qoldira oldim.
Albatta, har bir futbolchining o'z orzulari, maqsadlari va erishmoqchi bo'lgan cho'qqilari bo'ladi. Hamma yangi chaqiriqlar va yangi chempionatda o'zini sinab ko'rishni istaydi.
Agar bu sodir bo'lsa, men juda baxtli bo'laman. Chunki o'z vazifamni bajarganimni his qilaman.
O'sha vaqt kelganda, faoliyatimni davom ettirish uchun eng yaxshi variantni tanlayman va Yevropa futbolining eng yuqori darajasida raqobat qilishda davom etaman", — dedi Leau.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, "Galatasaroy" futbolchiga soliqlardan tashqari yiliga 10 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. "Milan" esa uning transferidan 40–50 million yevro ishlab olishi mumkin.

Fikrlar