
Rafael Nadal nimalar bilan mashg‘ul bo‘lmoqda
Koronavirus pandemiyasi sabab tennis turnirlari dunyo bo‘ylab o‘tkazilmayapti. Ushbu holat yuzasidan bir qator tennischilar vaqtlarini o‘z oila a’zolari bilan birgalikda o‘tkazmoqda.
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal ayni damda nimalar bilan shug‘ullanayotgani haqida quyidagi xabarni e’lon qildi.
"Salom hammaga, men o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Ayni damda uyda oilam bilan man. Pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, uyda jismoniy mashqlarni bajarmoqdaman. O‘ylaymanki, sizlarning ham ahvolingiz yaxshi. Maslahatim zarur bo‘lmaganda uydan tashqariga chiqmang va hukumat a’zolarining ko‘rsatmalariga rioya qiling", – deb yozadi Nadal o‘zining Twitter'da.
Fikrlar