Rafinya “Atletiko” muxlislaridan uzr so’radi

  • 15.04.2026 23:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" hujumchisi Rafinya UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining javob oʻyinidan soʻng "Atletiko" muxlislariga qilgan xatti-harakatlari uchun uzr soʻradi. Uchrashuv yakunida braziliyalik futbolchi madridliklar muxlislariga ularning jamoasi yarim final bosqichida turnirdan chiqib ketishini koʻrsatdi.

"Qilgan ishim uchun uzr soʻrayman, bu qadriyatlarim va xarakterimga toʻgʻri kelmaydi. Bu kecha kechqurun menga nisbatan hurmatsizlik qilgan muxlisga javob berayotgan paytimda sodir boʻldi", - deb yozdi Rafinya DAZN kanalida oʻzining ishtiroki aks etgan video eʼlon qilingan izohda.

"Atletiko"ning yarim finaldagi raqibi bugun, 15 aprel kuni aniqlandi. Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida "Arsenal" va "Sporting" jamoalari toʻqnash kelishadi. Birinchi oʻyin "toʻpchilar"ning gʻalabasi bilan yakunlandi (1:0).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!