Rafinya "Barselona"da qolishni istamoqda

  • 21.03.2026 15:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Rafinya o‘z kelajagi borasida qaror qabul qildi. Braziliyalik vinger "Barselona" safida faoliyatini davom ettirishni istamoqda.

"Sport.es" ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi yaqinda klub bilan yangi shartnoma yuzasidan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Hozirgi shartnoma esa 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Rafinya juda yaxshi formada. U barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!