Rafinya: "Bolaligimdan "Barselona"ning muhlisiman"

  • 23.09.2024 18:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya bolaligidan beri "Barselona"ning ishqibozi ekanligini aytdi.

- Yolg‘on gapirmayman. Bolaligimdan "Barselona"ning muhlisiman. Men jamoa futbolchilarini kuzatib ulg‘aydim va bu erda to‘p tepish men uchun katta sharaf!, - dedi forvard.

Ma’lumot uchun, Rafinya 2022 yilning yozida Kataloniya klubi safiga kelib qo‘shilgan. Futbolchi joriy mavsum "Blaugrana" tarkibida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!