Rafinya braziliyalik futbolchilar orasida rekord o‘rnatdi

  • 21 aprel, 17:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" futbolchisi Rafinya joriy mavsum barcha musobaqalarda 53 ta Gol+Pas amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich bilan hujumchi Evropaning Top-5 ligalarida eng ko‘p golga ishtirok etgan braziliyalik futbolchiga aylandi. Rafinya 48 ta uchrashuvda 30 ta gol va 23 ta assist amalga oshirgan.

Bundan avvalgi eng samarador braziliyalik futbolchi Neymar bo‘lgan. Hozirda "Santos" sharafini himoya qilayotgan yulduz 2015/16 mavsumda 51 ta Gol+Pas qayt etgan edi.

Rafinya 2022 yildan beri kataloniyaliklar safida to‘p tepmoqda. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 80 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!