Rafinya: "Flik menga faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazishimga yordam berdi"

  • 30.01.2026 23:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" qanot hujumchisi Rafinya jamoa bosh murabbiyi Khansi Flik bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

— Deyarli har bir intervyuda u haqida so‘rashganda aytaman: u menga faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazishimga yordam berdi. U tufayli individual sovrinlar uchun kurashyapman. U menga futboldagi o‘rnimni yana bir bor anglashimga, o‘zimni shaxs sifatida tushunishimga yordam berdi.

O‘tgan mavsumda yuz bergan va hozir sodir bo‘layotgan ko‘plab ijobiy voqealar aynan uning ishonchi tufayli amalga oshdi. Men o‘zimga ham ishonmay qolgan paytda u menga ishondi. Shuning uchun u qilgan barcha ishlari uchun faqat minnatdorlik bildirа olaman.

O‘sha vaziyatda esa u yordamchisining chetlatilishi sababli xafa bo‘lgan deb o‘ylayman. Bizning zahira o‘rindig‘imizga ikki qizil kartochka ko‘rsatildi. U bundan norozi edi. Keyinroq jamoaning o‘yinidan ham qoniqmaganini aytdi. Men uni tinchlantirishga harakat qildim, qaytishimizni va eng muhimi jamoa g‘alabasi ekanini aytdim. Va menimcha, biz haqiqatdan ham qaytmoqdamiz.

Flik bilan yaqin munosabatlari haqida:

— Bu men uchun tabiiy holat. Munosabatlar vaqt o‘tishi bilan shakllandi, ikki tomonlama hurmat va mehr paydo bo‘ldi. Biz ishonchni birga qurdik, o‘zaro erkinlik yaratdik. U men bilan istalgan mavzu haqida ochiq gaplasha oladi, men ham u bilan hech qanday to‘sigsiz suhbatlasha olaman. Ishonch — bizning ishimizdagi eng muhim jihat, — dedi Rafinya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!