Rafinya Oltin-to‘p va "The Best" sovrining topshirilishidagi nohaqliklar haqida gapirdi

  • 10.02.2026 23:17
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi va "Barselona" vingeri Rafinya Oltin-toʻp sovrinida 5-oʻrinni egallagani va "The Best" sovrinida uchlikka kiritilmaganiga toʻxtalib oʻtdi.

Rafinya oʻtgan mavsumni ideal sport formasida oʻtkazgan boʻlsa-da, jiddiy individual sovrinni qoʻlga kiritmadi.Oltin-toʻp reytingida 5-oʻrinda qolib ketdi. FIFAning "The Best" mukofotiga kelsak, braziliyalik futbolchi kuchli uchlikdan ham joy olmadi. Hattoki yil ramziy jamoasiga ham kiritilmadi. Futbolchi shu vaqtlarni eslab qoʻyidagicha intervyu berdi;

"Mehnatga yarasha eʼtirof etilish bu oʻzgacha tuygʻu. Bu juda yoqimli. Men uchun birinchi oʻrinda jamoaviy sovrin turadi, bu klubga aynan shu sovrinlar uchun kelganman. Ammo men uchun individual sovrin hech qanday ahamiyatga ega emas, desam yolgʻon gapirgan boʻlaman. Qanday zoʻr mavsumni oʻtkazganimni juda yaxshi bilaman. Shu aniq ayta olamanki, juda ham adolatsizlik boʻldi. Aniq bilamanki, qaysidir katta sovrin aynan menga tegishli edi", - dedi Rafinya.

Maʼlumot uchun, braziliyalik vinger oʻtgan mavsumda La liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Bundan tashqari, Yevropa Chempionlar ligasining eng yaxshi toʻpurari va assistenti boʻlgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!