Asosiy mazmunga oʻtish

Rafinyaning qancha muddatga safdan chiqqanligi ma'lum bo‘ldi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Futbolchi muhim pallada jarohat oldi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Rafinya milliy terma jamoa yig‘inida olgan jarohati sabab safdan chiqdi. "Ko‘k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar berishicha, tibbiy tekshiruv futbolchida son qismida jiddiy jarohat borligini tasdiqladi.

"Rafinyada o‘ng oyoq tizza orqasidagi payi shikastlangan. Bu AQShdagi o‘yin vaqtida futbolchi o‘zini yomon his qilganidan so‘ng Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar orqali tasdiqlandi. Futbolchi reabilitatsiya jarayonini boshlash uchun klub ixtiyoriga qaytmoqda. Taxminiy tiklanish muddati besh haftani tashkil etadi", — deyiladi "Barselona"ning rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, futbolchi Braziliya va Fransiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zini noqulay his qilgan va tanaffus paytida alamstirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q