Rahbariyat Xavi o‘rniga “Barsa”ga munosib murabbiy topdi. U Italiyada zo‘r ishlayapti

  • 19.01.2024 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati har ehtimolga qarshi Xavi Ernandes o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy tanladi.

Football Espana nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar “Bolonya” bosh murabbiyi Tyago Mottani olib kelishni rejalashtiryapti. Motta “Bolonya”ni qabul qilib olganidan keyin qisqa muddatda natija ko‘rsata boshladi. Ayni paytda “Bolonya” A Seriyada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda.

“Barsa”ning sport direktori Deku bosh murabbiylikka aynan 41 yoshli Mottani olib kelish kerak, degan fikrda qat’iy turibdi.

Deku va Motta 2000 yillar o‘rtalarida “Barselona”da birga o‘ynagan.

Tyago Motta murabbiylik faoliyatini 2019 yili boshladi. Italiyalik murabbiy shu kunga qadar PSJ yoshlar jamoasi, “Jenoa” va “Spetsiya” klublarida ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
19/01/2024 12:45
Хавини алмаштириш керак, уни ўйинчилари хурмат қилмай қўйган.
&
Бахромжон Турсунов
19/01/2024 11:24
Элдорни танирканда Мотта