Asosiy mazmunga oʻtish

Rahmonaliev "Borussiya" darvozasi oldida ikkita xavfli vaziyat yaratdi! Legionerimiz oʻyini qanday baholandi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Nemislar ham Umaralini tanib oldi

Ozarboyjonning amaldagi chempioni «Sabah» jamoasi UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqich uchinchi turi doirasida «Borussiya» (Dortmund) klubiga qarshi maydonga tushdi. 

Uchrashuv Boku Olimpiya stadionida o‘tkazildi va nemis klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob o‘yin boshlanishidan ko‘p o‘tmay ochildi: 10-daqiqada Seru Girassi mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada esa «Sabah» himoyachisi Eyden Makkarti aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Biroq 53-daqiqada Girassi yana bir bor o‘zini ko‘rsatib, dubly rasmiylashtirdi va «Borussiya»ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda ozarboyjonlik futbolchilar hisobni o‘z foydalariга o‘zgartira olmadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 81-daqiqada zahiraga olindi. 

Sport statistikasiга ixtisoslashgan SofaScore portali uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga qo‘yilgan baholarni e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, uchrashuv davomida faol harakat qilgan va dortmundliklar darvozasi oldida ikkita xavfli vaziyat yaratgan Umarali Rahmonaliev 6,6 ballga loyiq ko‘rildi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Sabah»ning ochkolari soni uchta bo‘lib qoldi. Dortmundning «Borussiya» jamoasi esa olti ochko to‘pladi. Umumiy bosqichning navbatdagi turida «Sabah» 4 noyabr kuni safarda Norvegiyaning «Viking» klubiga qarshi o‘ynaydi. Shu kuni «Borussiya» o‘z maydonida Ispaniyaning «Betis» jamoasini qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q