Rakitich "Milan"ga o‘tishi mumkin
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuvoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” “Kamp Nou”da deyarli zaxirada qolib ketayotgan 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Aytish kerakki, Rakitichning “Milan”ga kelishi jamoaning futbol bo‘limi rahbari lavozimiga xorvatiyalik Zvonimir Bobanning tayinlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitichga Milan shahrining boshqa bir jamoasi – “Inter”dan jiddiy qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum La Ligada 6 ta o‘yinda ishtirok etdi va maydonda jami 28 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar