
Rakitich qishda "Yuventus"ning taklifini rad etgan
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich qishki transferlar davrida "Yuventus"dan bo‘lgan ajoyib taklifni rad etgani ma’lum bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” davralar oralig‘idagi muzokaralar davomida 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 42 mln evro taklif qilishgan. Ushbu taklif “Barsa” rahbariyatini to‘la qoniqtirgan. Biroq, Rakitich Turinga ketishni xohlamagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitich yozda o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan “Sevilya”ga o‘tmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar