
Rakitich: Yangi shartnoma tug‘ilgan kunimga ajoyib sovg‘a bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘zining 28 yoshini nishonladi. Tavallud ayyomi kuni "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolagan xorvatiyalik futbolchi o‘zining his-hayajonlanlarini yashirib o‘tirmadi.
"Barselona" bilan shartnomani uzaytirganim tug‘ilgan kunim uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Men "ko‘k-anor ranglilar" bilan shartnomamni uzaytirganim bilan fahrlanaman. Dunyoning eng zo‘r klubida to‘p surish bu men uchun eng zo‘r sovg‘a", - deydi Rakitich ispaniyaning Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Rakitich "Barselona" bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Uning kataloniyaliklar bilan avvalgi kelishuvi 2019 yilga qadar tuzilgan edi.
Fikrlar