Ramos “Barsa”ni kuchaytirishi kerak edi
“Barselona” prezidentligiga nomzod Toni Freysha kataloniyaliklar “Real” sardori Serxio Ramosni olish imkonini boy berganini esladi.
- “Real” yulduzlari hech qanday holatda “Barselona”ga o‘tmasligi aniq. Lekin “Barselona”da bu himoyachini olish imkoni bo‘lgan. Ramos “Sevilya”da o‘ynab yurganida uni “Barselona”ga taklif qilishgan edi. Men uni “Barsa”ga o‘tishini istagandim.
Kumanning futbolchi sifatida qo‘lga kiritgan yutuqlari va murabbiylikda to‘plagan tajribasini inobatga olib, unga ishonishimiz kerak. Jamoaga barqarorlik kerak, - dedi Freysha.
Ma’lumki, Serxio Ramos 2005 yili “Real”ga o‘tgan. Shundan buyon madridliklar sharafini munosib himoya qilayotgan futbolchining yozda shartnomasi yakunlanadi.

Fikrlar