Ramos "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Chunki...

  • 30 sentabr, 2019, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" himoyachisi Serxio Ramos 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra La Liga tartib-intizom qo‘mitasi 33 yoshli ispaniyalik futbolchining kuni kecha bo‘lib o‘tgan “Atletiko”ga (0:0) qarshi Madrid derbisida qilgan xatti-harakatlarini o‘rganmoqda. Gap shundaki, Ramos shu kuni uchrashuv hakami bilan juda qo‘pol muamalada bo‘lgan, xatto uning onasini turli bema’ni so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Agar tartib-intizom qo‘mitasi Ramosni jiddiy jazolasa, u holda Serxio  chempionatning "Granada", "Malorka", "Barselona" va "Leganes"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum ham yuqoridaginga o‘xshash holat yuz bergan edi. Aniqrog‘i, "Barselona" - "Atletiko" (2:0) bahsida “matraschilar” forvardi Diego Kosta uchrashuv hakamining onasini turli haqoratli so‘zlar bilan so‘kkani uchun 8 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!