Ramos: "Hakimi "Oltin to‘p"ga munosib"

  • 13.09.2025 13:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

PSJning sobiq himoyachisi Serxio Ramos Ashraf Hakimining 2025 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

- U mening do‘stim va birodarim. Hakimi "Oltin to‘p"ga munosib. Uni hamma qo‘llab-quvvatlashi lozim, jahon darajasidagi futbolchi va professionallikning yorqin namunasi, - dedi Ramos.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli marokashlik futbolchi barcha musobaqalarda 55ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 16ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. PSJ bilan birga Hakimi o‘tgan mavsum Liga 1 va Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi. Bundan tashqari, klub Frantsiya kubogi va Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!