
Ramos kecha "Real" safida o‘zining 550-uchrashuvini o‘tkazdi
Kecha “Leganes”ga (3:1) qarshi bahs “Real” sardori Serxio Ramos uchun yubiley uchrashuv bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 31 yoshli ispaniyalik futbolchi shu kuni “qirollik klubi” safidagi o‘zining 550-uchrashuvini o‘tkazdi.
Ta’kidlash lozimki, 15 mavsumdan buyon “Real” tarkibida to‘p surib kelayotgan Ramos ushbu vaqt mobaynida 4 karra mamlakat chempioni va 2 karra mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi. Undan tashqari uch karra Ispaniya va uch karra UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Yana shuncha marta Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra ko‘tardi.
Fikrlar