
Ramos La Ligada 300ta o‘yinda g‘alaba qozongan 8-futbolchi bo‘ldi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos kecha La Liganing 28-turida “Selta”ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
E’tiborlisi, bu 32 yoshli futbolchi uchun Ispaniya Primerosidagi yubiley 300-g‘alaba bo‘ldi. Ramos ushbu natijaga erishgan La Liga tarixidagi 8-futbolchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bungacha La Ligada faqatgina Manuel Sanchis, Andres Ineste (312), Xavi (322), Raul (327), Lionel Messi (332), Andoni Subisarreta (333) va Iker Kasilyaslargina (334) 300tadan ko‘p o‘yinda g‘alaba qozonishgan edi.
Fikrlar