Ramos PSJda qaysi raqamni tanladi?

  • 8 iyul, 2021, 15:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun PSJ bilan shartnoma imzolagan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos yangi jamoasida qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 35 yoshli futbolchi 4-raqamni tanlagan. Bu raqamda avval germaniyalik himoyachi Tilo Kerer harakat qilgan. 4-raqamni Ramosga bo‘shatib bergan Tilo o‘ziga 24-raqamni olgan. Aytish kerakki, u PSJga qadar “Shalke” safida aynan mana shu raqamda o‘ynab kelgan.

Ramos “Real” tarkibida 2005 yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi. Shartnoma muddati yakuniga etgani bois u erkin agent sifatida PSJga ko‘chib o‘tdi. U “qirollik klubi”da ham aynan 4-raqamda o‘ynagan.

“Men 4-raqamni juda qadrlayman. Chunki men faoliyatimning boshidanoq ushbu raqam ostida o‘ynaganman. U butun faoliyatimda yonimda bo‘ldi, meni to‘ldirdi, menga omad va ko‘plab g‘alabalarni keltirdi”, - dedi Ramos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!