Ramosni Parijda kutishyapti
Professional faoliyatining boshida “Sevilya”da o‘ynab, keyinchalik “Real”da uzoq muddat to‘p surgan Serxio Ramos yaqin o‘tishda ikki mavsum “Pari Sen-Jermen” sharafini ham himoya qilgan edi.
Parijdan keyin 39 yoshli futbolchi qisqa muddat “Sevilya”ga qaytdi va 2025 yilning kuzida Meksikaga borib “Monterrey” klubida o‘ynab keldi.
Hozir tajribali himoyachi o‘ziga jamoa qidiryapti. Agentlar Evropaning bir necha klublariga uning xizmatini taklif qilishdi. O‘rtamiyona jamoalar esa, u bilan hamkorlik o‘rnatishga haraka qilyapti.
Serxio Ramosni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgan jamoalar qatoriga Fransiya yuqori divizioni debutanti “Parij” klubi ham qo‘shildi.
Bu haqida Footmercato nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, “Parij” Ramosga bo‘lgan qiziqishni uning “Nitsa” bilan muzokaralari barbod bo‘lganidan so‘ng kuchaytirgan. Ta’kidlanishicha, ispaniyalik futbolchi poytaxt klubining loyihasiga unchalik ishonmayapti va “yanada shijoatli” jamoalar variantiga moyil. Shu bois, hali yakuniy javobni bergani yo‘q.
Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida rekordga ega.
Fikrlar