Ramossiz Varan zarar keltirmoqda

"Real" himoyachisi Rafael Varan Chempionlar ligasining 5-turida "Shaxtyor"ga (0:2) qarshi kechgan uchrashuvni omadsiz o‘tkazdi.

Frantsiyalik futbolchining xatosidan so‘ng, ukrainaliklar hujumchisi Dentino hisobni ochishga erishdi.

2020 yilda bo‘lib o‘tgan ChL o‘yinlarida Varan golga olib keluvchi 3 ta xatoga yo‘l qo‘yib, bu borada mutlaq etakchilik qilmoqda.

Bugungi mag‘lubiyatdan keyin, Madrid klubi "B" guruhida 3-o‘ringa tushib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!