Raqib goliga sababchi bo‘lib qolgan Husonovning o‘yinigа qanday munosabat bo‘ldi?
Angliya Premier-ligasining 35-turida “Manchester Siti” safarda “Everton” mehmoni bo‘lib, kambek qurboniga aylanishiga bir bahya qoldi. Garchi “shaharliklar” Jeremi Doku zarbasi evaziga hisobni ochgan bo‘lsa-da, keyin ikkinchi bo‘limda ketma-ket uchta to‘p o‘tkazib yubordi.
Uchrashuv oxirigacha Erling Holand va Jeremi Doku yana ikkita gol urib, Xosep Gvardiola jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
“Manchester Siti”ning qimmatli ochko yo‘qotgani chempionlik poygasida “Arsenal”ga qo‘l kelishi mumkin.
Nufuzli manba – cityxtra.co.uk sayti ekspertlari “Manchester Siti” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.
Janluiji Donnarumma – 6
Italyalik posbon Merlin Ryol va Iliman Ndiaye xavfli zarbalarini bartaraf etdi, ammo Tyerno Barri hisobni tenglashtirganda hech narsa qila olmadi. O’Brayen gol urganda to‘pni musht bilan chiqarishga harakati juda sust bo‘ldi.
Mateush Nunyesh – 5,5
Nunyes maydon holatiga moslashishga qiynaldi va buning oqibatida bir necha ishonchsiz holatlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, Mateush Ndiayega darvozabon bilan yakkama-yakka chiqish imkon bergani ham shu ishonchsizlik oqibati bo‘ldi. Boshqa holatlarda uning o‘yini yaxshi darajada bo‘ldi.
Abduqodir Husanov – 4,5
Bu keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan kechada Husanov ko‘proq sovuqqonlikni saqlashi kerak edi. Bir nechta yakkakurashlarda g‘alaba qozondi, ammo uning ehtiyotsizligi oqibatida qilgan xatosi burchak zarbasiga sabab bo‘ldi va aynan shu vaziyatdan “Everton” ikkinchi golini urib, uchrashuvda burilish yasashga muvaffaq bo‘ldi.
Abduqodir birinchi bo‘limda ishonchli o‘ynaganiга qaramay, uchrashuvning ikkinchi yarmida “Everton” bosimiga qarshi juda qiynaldi.
Mark Gehi – 4
Shu holatgacha u ishonchli o‘ynab, vaziyatni nazorat qilayotgandek ko‘ringan, ammo uning qo‘pol xatosi “Everton”ning javob goliga sabab bo‘ldi. Qolgan vaqtda u to‘pni hotirjam olib chiqdi, lekin o‘sha holat haqiqiy falokat bo‘ldi.
Niko O'Rayli – 5,5
Birinchi bo‘limda “Siti” ustunligida muhim rol o‘ynab, hujumlarni ilgari surdi va Doku bilan yaxshi o‘ynadi. Ammo ikkinchi bo‘limda “Everton”ning bosimiga yaxshi javob bera olmadi, raqibning uchinchi goli uning qanotidan kiritildi.
Niko Gonsales – 5,5
Maydon sifati unga ham salbiy ta’sir qildi, lekin u to‘p nazoratida yaxshi ko‘rindi. Biroq u hali o‘rganishi kerak bo‘lgan jihatlar borligini ko‘rsatdi, ayniqsa “Everton” qarshi hujumlarida qiynaldi.
Bernardu Silva – 5
“Siti” ustunlik qilgan paytlarda o‘yinni yaxshi nazorat qildi. Katta hududni qamrab oldi, ammo himoyaga qaytib, gollarning oldini olishda qiynaldi.
Rayan Sherki – 6
Maydonda xavfli harakat qildi, lekin ko‘p hollarda samara erisha olmadi. Doku uchun imkoniyat yaratib berdi, ammo pleymeyker sifatida shu bilan cheklandi.
Antuan Semenyo – 5,5
Uning qanotida Dokuga nisbatan kamroq o‘yinchi bo‘ldi, ammo to‘p unga kelganda xavf tug‘dirdi. Yarim imkoniyatlarda uning zarbalari noaniq bo‘ldi.
Erling Holand – 7
Odatdagidan ko‘proq to‘pga tegdi va jamoadoshlari bilan yaxshi o‘ynadi. Hujumning hal qiluvchi qismida uzoq vaqt ta’sir ko‘rsata olmadi, ammo keyinchalik chiroyli gol urdi.
Jeremi Doku – 8,5 (eng yaxshi o‘yinchi)
Uning dribblingi butun o‘yin davomida “Siti” uchun asosiy xavf bo‘ldi va ketma-ket imkoniyatlar yaratdi. Ikkinchi bo‘limda ta’siri biroz pasaydi, ammo ikki ajoyib gol urib, jamoasiga bir ochko olib berdi.
Mateo Kovachich – 5
U Holand gol urgan hujumda ajoyib pas berdi, ammo Ryolni osonlikcha o‘tkazib yuborib, Barrining ikkinchi goliga ham Kovachichni javobgar qilish mumkin.
Fil Foden – 5,5
Bir nechta yugurishlar qildi va bir marta xavfli zarba berdi xolos.

Fikrlar