Raqib murabbiyi “Barsa”ning ikki o‘yinchisini qutqarmoqchi

  • 25 mart, 04:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan “Jirona” kelgusi mavsum oldidan o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Michel tarkibni kuchaytirish uchun ikki asosiy nishonni belgiladi. Bular Ansu Fati va Pablo Torre.

Murabbiyning fikricha, “Barselona”da asosiy tarkibiga kira olmayotgan har ikki o‘yinchi “Jirona”ni kuchaytirishga qodir.

22 yoshli hujumchi Ansu Fati bir necha jarohatlardan keyin optimal sport formasiga qaytishda katta  qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ilgari Lionel Messining vorisi, deb e’tirof etilgan bu o‘yinchi vaqt o‘tishi bilan “Barselona”ga kerak emasligi oydinlashib boryapti.

Michel Fatini hali ham katta iste’dodga ega, deb hisoblaydi va uni yana yuqori cho‘qqiga chiqishiga yordam bermoqchi. Ispaniyalik murabbiyga Ansuning tezligi, raqib himoyasini buzib o‘tish qobiliyati va hujumni yakunlash mahorati yoqadi. Eng muhimi, “Barsa” bu hujumchini arzonga sotib yuborishi yoki ijraga berib yuborishi mumkin.

Michelga qiziqish bildirgan Pablo Torre iste’dodli yarim himoyachi bo‘lib, “Barselona”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. “Jirona” ustozi Torrening texnik mahorati va o‘yinni anglash qobiliyati qadrlaydi va bu xususiyatlarini ko‘rsatishi uchun unga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!