
Raqib “Real” o‘yinchisini olmoqchi
Ispaniya chempionatining dastlabki sakkizta uchrashuvidan oltitasida ochko yo‘qotgan “Sevilya” tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.
Bu jamoa qishki transferlar vaqtida “Real”dan hujumkor futbolchi Braim Diasni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
24 yoshli futbolchining “Qirollik klubi” bilan hamkorligi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.
Diasning transfer summasi 20 million evroni tashkil qilyapti. Madridliklar o‘tgan yili bu o‘yinchini “Milan”ga ijaraga bergandi. Bu mavsumni Madridda boshlagan Braim ettita o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi.
Fikrlar