Rasman! 34 yoshli Kavani yangi mavsumni ham MYuda o‘tkazadigan bo‘ldi

  • 10.05.2021 21:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" o‘zining rasmiy sayti orqali urugvaylik hujumchi Edinson Kavani bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 34 yoshli futbolchi MYuda 2022 yilning yozigacha qoladi.

Kavani joriy mavsum APLda 23 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Edinson Kavani “Manchester Yunayted”ga 2020 yilning yozida PSJdan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan. U faoliyati davomida shuningdek, “Napoli” safida ham bir necha mavsum to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!