
Rasman! 4 yil davomida "Real" safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan yaponiyalik futbolchi La Liga klubiga ko‘chib o‘tdi
"Real Sosedad" matbuot xizmati klub rasmiy sayti orqali "Real" Madrid yarim himoyachisi Takefuso Kuboning transferi haqida e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli yaponiyalik futbolchining transferi “Sosedad”ga 6,5 million evroga tushgan. Kuboning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Takefuso Kubo asli "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan buyon "Real" futbolchisi edi. Ammo u “qirollik klubi” safida birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan. U o‘tgan davr mobaynida "Malorka", "Vilyarreal" va "Xetafe" klublarida ijarada to‘p surgan. Yaponiya terma jamoasida esa 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar