Rasman: Abdullajonov "Andijon" futbolchisi!

  • 23.01.2024 18:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida selektsiya ishlarini olib bormoqda. Bu borada bir qator o‘yinchilar bilan qizg‘in muzokaralar davom etmoqda va bu holat o‘zining yakuniy bosqichiga etib kelgan.

“Andijon” matbuot xizmati esa klubga yangi qo‘shilgan futbolchilarni rasman shartnoma imzolanishi bilan e’lon qilib boradi va dastlabki transfer amalga oshirildi.

Oxirgi ikki mavsumni “Neftchi” tarkibida o‘tkazgan iqtidorli yarim himoyachi Sunnatilla Abdullajonov rasman “Andijon” jamoasi a’zosiga aylandi. Futbolchi bugun shartnomaga imzo chekdi va kelishuv muddati bir yilga mo‘ljallangan.

abdullajonov

1996 yilning 22 oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan futbolchi andijonlik muxlislar uchun begona emas. Boisi, 2018 yilgi mavsumda u “Andijon” sharafini himoya qilgan.

abdullajonov2

Abdullajonov shuningdek, faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Obod”, OKMK,  “NBU-Osiyo”, “Qizilqum” va “Turon”da ham to‘p surgan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!